Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 1 nafar yoshga zamonaviy uy-joy topshirildi.

Zafarobod tumanida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 1 nafar yoshga zamonaviy uy-joy topshirildi.

06 декабрь 2023 йил
82
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216- son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 1 nafar yoshga Zafarobod tumani Uzun mahallasidagi barcha sharoitlarga ega zamonaviy uy-joy tantanali ravishda topshirildi.

 

Jumladan, tadbirda Zafarobod tuman hokimi O'Raxmanov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Husanov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yangi uyning kalitini uy sohibasiga tantanali ravishda topshirdilar. Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar, yangi xonadon sohibasini quvonchli kun bilan samimiy tabriklashib, bugungi kunda mehrga muhtoj bo‘lgan farzanlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tishdi hamda nuroniylar qo‘llarini duoga ochib, mamlakatimizdagi ezgu-savobli ishlar uchun mutasaddilarga tilaklarini bildirishdi.

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар