Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Tashrifdan koʼzlangan maqsadlarga erishildi

Tashrifdan koʼzlangan maqsadlarga erishildi

01 февраль 2024 йил
155
0

Keyingi yillarda Xitoy Oʼzbekistonning eng yirik investori va savdo hamkoriga aylandi, desak mubolagʼa emas. Sababi, Oʼzbekiston biznesi Xitoyda oʼz ishtirokini ishonch bilan kengaytirmoqda. Xitoy biznesi Oʼzbekiston hududlarida tobora koʼproq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirayotgani buning yaqqol isbotidir. Xususan, elektrotexnika, avtomobilsozlik, Keyingi yillarda Xitoy Oʼzbekistonning eng yirik investori va savdo hamkoriga aylandi, desak mubolagʼa emas. Sababi, Oʼzbekiston biznesi Xitoyda oʼz ishtirokini ishonch bilan kengaytirmoqda. Xitoy biznesi Oʼzbekiston hududlarida tobora koʼproq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirayotgani buning yaqqol isbotidir. Xususan, elektrotexnika, avtomobilsozlik, sanitariya-texnik vositalar, qurilish va boshqa yuqori qoʼshimcha qiymatga ega mahsulotlar Oʼzbekiston va boshqa mamlakatlar bozori uchun yanada katta hajmda va tobora keng assortimentda ishlab chiqarilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida Jizzax viloyat, shahar va tuman hokimlari, tadbirkorlar, iqtisodiy-ijtimoiy, investitsiya soha tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya ham 23-25 yanvarь kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʼlishdi. Tashrif doirasida ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada jadallashtirish maqsadida rahbarlar hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan oliy darajadagi muzokaralar oʼtkazilib, samarali kelishuvlarga erishildi. Erishilgan natijalardan biri mamlakatlarimiz biznes vakillari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va ularga qulay sharoitlar yaratish boʼyicha kelishuvlar boʼldi. Qabul qilingan tarixiy hujjat – Oʼzbekiston-Xitoy munosabatlarini barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqadigan davlat rahbarlarining Qoʼshma bayonoti ham bunga xizmat qiladi. Ushbu ikki tomonlama hujjatda Jizzax viloyatida sanoat ishlab chiqarish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari oʼrin olganligi viloyatimizning har jabhada taraqqiy etishiga, yangi ish oʼrinlari yaratilishiga, eksport salohiyatini ortishiga xizmat qiladi, albatta. Xususan, tashrif natijalarini Jizzax viloyati misolida qaraydigan boʼlsak, Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shenьchjenь shahrida Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yigʼish boʼyicha loyihani ishga tushirishga bagʼishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Ushbu yirik loyiha asosida istiqbolda bozordagi talabdan kelib chiqib modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming donagacha oshirish rejalari belgilab olindi. Bundan tashqari, “Jizzax erkin iqtisodiy zonasi”da umumiy qiymati 600 million АQSh dollari boʼlgan 20 ot kuchidan boshlab, 400 ot kuchigacha boʼlgan qishloq xoʼjaligi uchun traktor va kombaynlar yigʼish zavodini tashkil etish boʼyicha memorandum imzolandi. Bu esa viloyatimiz qishloq xoʼjaligi sohasining rivojlanishiga, sohada yangi texnika va texnologiyalarning qoʼllanilishi mehnat unumdorligining ortishiga xizmat qiladi. Tashrif davomida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev Xitoyning Tyanszin meri oʼrinbosari Li Venxay bilan uchrashib, Jizzax viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʼyicha tushunchalar berib, viloyatning asosiy drayver sohalari boʼlgan avtomobilsozlik, tekstilь, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʼjaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish xususida soʼz yuritdi. Uchrashuv davomidap ikki davlat oʼrtasidagi hamkorlik samarasiga yuqori baho berilib, oʼzaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvini tashkil etish boʼyicha muzokaralar olib borildi. Pekin shahrida boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi tomonidan Oʼzbekiston – Xitoy taʼlim forumi doirasida Jizzax politexnika instituti Shimoliy Xitoy texnologiya hamda Changshu texnologiya universitetlari oʼrtasida anglashuv memorandumi imzolanganligi viloyatimizda oliy taʼlim tizimida yuqori salohiyatga ega, yetuk kadrlarni yetishtirib berishga zamin yaratibgina qolmay, malakali mutaxassislar sonining koʼpayishi hududda sanoat ishlab chiqarish hajmining oshishiga xizmat qiladi. Qolaversa, tashrif davomida Jizzax viloyati delegatsiyasi va Xitoy tadbirkorlari oʼrtasida bir qator, jumladan, turizmni rivojlantirish doirasida viloyatda sogʼlomlashtirish maskani, zamonaviy mehmonxona barpo etish, zamonaviy avtomobilь ishlab chiqarish zavodini tashkil etish, mebelь ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish, metallurgiya soxasida metalni qayta ishlash, farmatsevtiga tarmogʼini rivojlantirish, jumladan, turli xil dori vositalarini ishlab chiqarish, tekstil soxasida ishlatiladigan turli xil boʼyoqlar ishlab chiqarish, elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish, maxsus oyoq kiyimlar ishlab chiqarish, zamonaviy koʼrgazmalar zali (Shourum) barpo etish boʼyicha koʼplab kelishuv memorandumlari imzolandi. Ushbu loyihalar amalga oshishi hisobiga viloyatda minglab qoʼshimcha ish oʼrinlari yaratiladi, tashqi bozorda eksport mahsulotlari koʼpayib, viloyatning mamlakat tashqi savdo ulushidagi oʼrni ortadi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʼzbekiston – Xitoy oʼrtasida turli sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasida katta hajmdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy shartnoma va bitimlar imzolanishi mamlakatimizda ushbu sohalarning yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi shubhasiz. Bu esa Jizzax viloyatining ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududning investitsiyaviy salohiyati ortishida, shu bilan birgalikda yangi ish oʼrinlarining yaratilishi hisobiga aholi farovonligi oshishida muhim rol oʼynaydi.

Muzaffar MАMАTQULOV, “Yuksalish” umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy boʼlinmasi rahbari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар