YOSHLAR TARBIYASIDAN OGOH BO‘LAYLIK!
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi F.Malikov, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati O‘.Bayjanova, mahalla va ta'lim tizimi hamkorlikda Zafarobod tumani Lolazor mahallasida aholi o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" bosh g‘oyasi ostida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir davomida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Tadbir so‘nggida yig‘ilganlarni ogohlikka chorlovchi videorolik namoyish etildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)