Zafarobod tumanida yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 820-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi yangi hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yish arafasidagi yosh kelin-kuyovlar o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.
Ushbu o'quv mashg'ulotda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, tuman hokimi o'rinbosari Shohida Mavlonova, tuman bosh imom xatibi, tuman FXDYO bo‘limi xodimi va yangi hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yish arafasidagi yosh kelin-kuyovlar ishtirok etdi.
O'quv mashg'ulot davomida, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov o‘quv mashg'ulotini muvaffaqiyatli bitirgan yangi hayot bo‘sag‘asiga qadam qo‘yish arafasidagi yosh oilalarga sertifikatlar topshirdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.