Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumani "Nurafshon" va "Pistalikent" mahallalari aholisi uchun viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ini Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Zafarobod tumani "Nurafshon" va "Pistalikent" mahallalari aholisi uchun viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ini Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

15 август 2024 йил
81
0

Joriy yilning 15-avgust kuni Zafarobod tumani "Nurafshon" va "Pistalikent" mahallalari aholisi uchun Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Akmal Ergashev rahbarligida fuqarolar o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda tuman IIB boshlig'i Bahrom Musurmonov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i Jasur Alimqulov, tuman Adliya bo'limi boshlig'i Zokir Isoqulov, tuman tashkilot va korxona rahbarlari va fuqarolar ishtirok etdi.

 

 

Ushbu sayyor qabulda 24 murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 8 tasi joyida hal etildi. Sayyor qabulda asosan tibbiyot, bandlik, kadastr va va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.

 

 

Sayyor qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар