O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasi mazmun-mohiyati
2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan umumxalq referendumida ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan asossiy maqsad, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasida “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.
Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi deb ko‘rsatilgan.
Bu esa o‘z navbatida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi N.Djuraev