"Mahalla yettiligi" a’zolari uchun oʻquv-amaliy seminar o'tkazildi.
Joriy yilning 29-avgust kuni Paxtakor tumani Moliya bo'limi faollar zalida, Paxtakor tumani va Zafarobod tumani "Mahalla yettiligi" a’zolari uchun O'zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta'minlash o'quv-uslubiy markazi direktori Xurshid Ochilov tomonidan oʻquv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda "Mahalla yettiligi" a’zolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish, mahallani ishsizlik, jinoyatchilik, oilaviy ajrim, kambag‘allik, migratsiya, korrupsiyadan holi hududga aylantirish, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazishning psixologik jihatlari, uyushmagan yoshlarni faol turmush tarziga jalb qilish shuningdek sohaga oid islohotlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob bilan murojaat qilib, sohaga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.