Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Aholini roʻyxatga olish davrida ryespondentlarning huquq va majburiyatlari

Aholini roʻyxatga olish davrida ryespondentlarning huquq va majburiyatlari

09 сентябрь 2024 йил
19
0

Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishni tavsiya etadi. Mazkur tavsiyalarga koʻra davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazadi.

Aholini roʻyxatga olish tadbiri keng qamrovli tadbir boʻlib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid boʻlgan demografik va  ijtimoiy-iqtisodiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayoni boʻlib, aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi.

Aholini roʻyxatga olish – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish boʻlib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish hisoblanadi.

Aholini roʻyxatga olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʻyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari- Respondentlar hisoblanadi.

Roʻyxatga olish varagʻi- koʻrsatilgan savollar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yozib olish uchun belgilangan shakldagi blanka.

Roʻyxatga oluvchi xodimlar-Oʻzbekiston Respublikasining aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrishga va uni oʻtkazishga jalb etilgan, maxsus oʻquvdan oʻtgan voyaga yetgan fuqarolaridir.

Aholini roʻyxatga olish tadbiri boshlanganidan soʻng roʻyxatga oluvchi xodimlar roʻyxatga olish varagʻida koʻrsatilgan savollar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarni yozib olish uchun belgilangan uchastkadagi xonadonda yashovchi respondentlar bilan soʻrov oʻtkazadi.

Respondentlar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega.

oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʻilayotganini, ushbu maʼlumotlardan kimva qanday tarzda foydalanishini bilish;

oʻzi uchun toʻldirilgan roʻyxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, roʻyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;

Roʻyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomasini koʻrsatishni talab qilish, rad etilgan taqdirda esa-roʻyxatga olish varagʻidagi savollarga javob bermaslik;

Roʻyxatga olish varagʻining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.

Respondentlar aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga monelik qilmasligi shart.

Tuman statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар