Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Birinchi instansiyada ish yuritish, ariza(shikoyat)ni ish yuritishga qabul qilish va qo‘zg‘atish tartibi

Birinchi instansiyada ish yuritish, ariza(shikoyat)ni ish yuritishga qabul qilish va qo‘zg‘atish tartibi

26 сентябрь 2024 йил
33
0

Birinchi instansiyada ish yuritish, ariza(shikoyat)ni ish yuritishga qabul qilish va qo‘zg‘atish tartibi  

 

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi)

 

Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.

Sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda - ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida;

apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Sud, manfaatdor shaxslarning, prokurorning va davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasida ma’muriy sudga taqdim etiladigan arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni qanday bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ariza (shikoyat) sudga yozma shaklda berilishi, ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi lozim. Arizada ariza berilayotgan sudning nomi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlar, arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar, arizachining qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari, arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati ko‘rsatilishi kerak.

Arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Arizachi ariza (shikoyat) berayotganda javobgarga va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan, ularda bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi shart.

Shuningdek, arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligi, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligi, arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligi, arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlar ilova qilanadi.

Agar Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.

Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.

Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 132-moddasiga ko‘ra, sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.

Sudya O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 130-moddasi birinchi qismining 1 va                                   3-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan arizani, agar arizaga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki arizachida mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.

Sudya quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etadi, agar:

- ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;

- ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;

- sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.

Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Shuningdek, sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:

-arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;

-arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa;

-o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;

-ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

-ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;

-javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;

-davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;

-bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;

-arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish to‘g‘risida arizachidan ariza kelib tushgan bo‘lsa;

-ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa.

Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.

                                                                                                                                                                          

                                                                                           Mirolim Yuldashev Musaevich

                                   Jizzax tumanlararo ma’muriy

                                                                             sudi sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash
28 сентябрь 2024, Суббота
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish.
23 сентябрь 2024, Понедельник
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni haqiqiy emas deb topish.
10 savolga 10 javob
27 сентябрь 2024, Пятница
10 savolga 10 javob
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash
24 июнь 2024, Понедельник
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар