Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

"CHEMPION VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

11 сентябрь 2021 йил
297
0

Jizzax viloyati Zafarobod tumani XTBga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida Prezidentimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 5-ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Tokio Olimpiadasi chempioni, boks bo‘yicha Jahon chempioni Bahodir Jalolov, boks bo‘yicha Jahon chempioni Isroil Madrimov hamda ushbu sportchilarning ustozi, sport ustasi To‘lqin Qilichevlar ishtirokida "Chempion va Yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi! Tadbir davomida sportchilar maktabning iqtidorli o‘quvchilariga o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi! Ushbu uchrashuv maktabimiz o‘quvchilarini yana bir bir ruhlantirib, kelajakda ulkan marralarni zabt etishida yetarlicha motivatsiya taqdim etdi!

 

 

 

 

 

 

 

Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар