Pensiyalarni bir turidan boshqa turiga o‘tkazish tartibi
Pensiyalarning bir turini olgan pensioner Qonunga muvofiq unga bo‘lgan huquq mavjud bo‘lgan taqdirda pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazishda tayinlangan pensiyani to‘lash to‘xtatiladi va qonun hujjatlari bilan qo‘yiladigan talablarga muvofiq boshqa turdagi pensiya tayinlanadi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Vafot etgan boquvchining voyaga yetmagan oila a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini o‘tkazishda) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilganda ko‘rib chiqadi.
Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tilxat, shuningdek yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati beriladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
ushbu Nizomning 83-bandi talablari hisobga olingan holda pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan paytdan mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili mobaynida istalgan ketma-ket besh yildagi ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
ushbu Nizomning 16-bandi hisobga olingan holda ushbu Nizomning 12—14-bandlariga muvofiq uning uchun ariza berilgan pensiya turini tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar, ushbu hujjatlar pensiyaning olinadigan turi bo‘yicha rasmiylashtirilgan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan taqdirda.
Bundan tashqari, zarur hollarda, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarishini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.
Ilgari shaxsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi bo‘yicha to‘lovning to‘xtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi va pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi yoshga doir ilgari tayinlangan pensiyadan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, tiklash vaqtida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tkazishda pensiya miqdorini hisoblash Qonunning 34-moddasi shartlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi, ish staji esa umumiy tartibda, uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun uzoq muddatli xizmat muddatlarini hisoblash tartibida nazarda tutilgan shartlar va normalar qo‘llanmasdan hisoblab chiqiladi
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart va bir vaqtning o‘zida pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi kerak.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin pensiyaning boshqa turini to‘lash pensioner barcha zarur hujjatlar bilan birga tegishli ariza bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlanadi.
Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tgan pensionerlarga yangi pensiya guvohnomasi yoziladi.
Buyjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
Zafarobod tuman bo’limi