Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » TUMANDA SUVNI ISROF QILISH HOLATLARIGA CHORA KO‘RILMOQDA.

TUMANDA SUVNI ISROF QILISH HOLATLARIGA CHORA KO‘RILMOQDA.

26 июль 2022 йил
320
0

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suvdan oqilona foydalanish bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. “O‘zagroinspeksiya” Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan hududlar kesimida olib borilayotgan nazorat tadbirlarida ayrim hollarda suvdanfoydalanish va suv isteʼmoli tartibiga bepisandlik bilan munosabatda bo‘linayotganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Inspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bu boradagi haqiqiy ahvol o‘rganilganda, g‘o‘za maydonlarini ko‘llatib sug‘orish, suvni zovurga tashlash, suv hisob-kitobi jurnallarini to‘g‘ri yuritmaslik, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etib, undan foydalanmaslik va boshqa shu kabi bir qancha xato-kamchiliklar aniqlandi.

Xususan,  nazorat tadbirlari davomida “Kojaxmet” hududidagi “Gulmurod bobo” hamda “Tinchlik” hududidagi “Qazibek-BI” fermer xo‘jaliklari g‘o‘za maydonining 0,10-0,20 gektar maydoni eʼtiborsizlik tufayli ko‘llatib sug‘orilgani aniqlandi. Mazkur ikkala holat bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bundan tashqari  “Zafarobod Matonati” fermer xo‘jaligi tomonidan suv tanqisligi sharoitida paxta maydoni uchun ajratilgan suvdan makkajo`xori ekinini sug‘orib kelingani aniqlandi. Bu ham yetmagandek, dala oxiridagi zovur (QLI) ga 10 l/s suv tashlab qo‘yilib, isrof etilgan. “Fatxul Fayz” fermer xo‘jaligi tomonidan ham qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishtartibi buzilgan. Yaʼni fermer xo‘jaligi tomonidan yer maydoniga kiradigan suvni hisob-kitobini yuritishda foydalaniladigan reka o‘rnatilmagan. Suvchilar nazoratsizligi oqibatida dala oxiridan 0,10-0,15 gektar maydon ko‘llatib yuborilgan. 

Nazorat tadbirlari davomida Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi ham o‘rganildi. O‘rganishlar davomida tumandagi “Ulkan kema”, “Suluv Qo`rg`on”, “Lozut-Produkt”, “Ismoil ota” fermer xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiya joriy etilganiga qaramay, g‘o‘za maydonlarini anʼanaviy usulda sug‘orib kelayotgani aniqlandi.

Mazkur oyning o‘tgan 15 kuni davomida suvdan foydalanish sohasi bo‘yicha 46 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, shundan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 12 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 34 ta yozma ko‘rsatma berildi. Shu bilan birga suvdan oqilona foydalanishga oid qaror va farmonlar mazmun-mohiyati yuzasidan 16 ga yaqin profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.  Sohaga oid nazorat tadbirlari davom etmoqda.

O‘zagroinspeksiya” Zafarobod tuman

bo‘limi katta inspektori X.Asrorov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар