Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » O‘zbekiston Respublikasining Qonuni FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

18 август 2022 йил
308
0

(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:;

1) 12-modda “m” bandining birinchi xatboshisidagi “ijtimoiy ta’minot tizimining” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 32-modda to‘rtinchi qismining, 37-modda birinchi qismi “a” bandi birinchi va uchinchi xatboshilarining, “g” bandining, 40-modda birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “Budjetdan” degan so‘z “budjetdan” degan so‘z bilan almashtirilsin;

3) 43-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi”;

uchinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita arizachining istiqomat joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi”;

oltinchi va yettinchi qismlaridagi “Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi”;

4) 44-moddaning matnidagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 45-moddaning ikkinchi qismidagi va 46-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

6) 52-moddaning matnidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 58-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“58-modda. Pensiya to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlar o‘zgarganligi to‘g‘risida pensionerning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilish majburiyati

Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya to‘lanayotgan a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, ular o‘qishni to‘xtatganligi haqida, shuningdek to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilishi shart.

Pensioner (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda, bu haqda o‘zining istiqomat joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limini xabardor qilishi shart”;

8) 64-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 65-modda birinchi qismining “b” bandidagi “tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 66-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining o‘zbekcha matnidagi “Budjetdan” degan so‘z “budjetdan” degan so‘z bilan almashtirilsin.

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Зафаробод туман бўлими.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi.
15 август 2022, Понедельник
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi.
Pensiyani hisoblash tartibi
15 март 2022, Вторник
Pensiyani hisoblash tartibi
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARINI TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
13 сентябрь 2021, Понедельник
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARINI TARKIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар