Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Hammamizning oldimizda turgan muhim masala bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish. Huququzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish haqida gapirganda ushbu soha vakillarini ijtimoiy himoyasiga alohida ahamiyat qaratilayotganligi ham e’tiborlidir.
Zafarobod tumani "Birlik" QFYda joylashgan 13-maktabda ham voyaga yetmagan qizlar o'rtasida jinoyatchilik ba huquqbuzarlikni sodir etishni oldini olish hamda oilaviy zo'ravonlikni oldini olish bo'yicha davra suhbati o'tkazildi. O'tkazilgan davra suhbatida so'zga chiqqanlar voyaga etmagan hamda yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda mas'uliyatini yanada oshirish, oilada tarbiyaviy muhitni yaxshilash borasida o'z fikrlarini aytib o'tishdi. Suhbat jarayonida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.