Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi”ning 16-bandiga asosan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyi hamda hududiy va mahalliy Kengashilarining navbatdagi konferensiyalari oʻtkazilishi belgilangan. Shu asosda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman mahalliy Kengashining navbatdagi Konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada o'tgan davrdagi faoliyat sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar belgilanib olindi.
“Oʻtgan davr mobaynida tuman Kengashi tashabbusi bilan "QVZ", "Yosh kitobxon", “Kamalak yulduzlari”, “Zukko kitobxon”, “Munozara”, “Eng namunali sardorlar Kengashi”, "Fidoyi yoshlar", "Men donorman", "Imkon" kabi 60 ga yaqin loyiha va tanlovlar amalga oshirildi.
Yoshlar ittifoqi Zafarobod tumani Kengashi.