Bugun erta tongdan Zafarobod tumani Ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida "Xavfsiz hayot uchun" aksiyasi doirasida tashkil etilgan yurish marafoni keksayu-yoshni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.
Aholi va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon barchaga jismoniy tetiklik bilan birga a’lo kayfiyat ham bag‘ishladi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.