Zafarobod tumani hududida sodir etilgan jinoyat holatlari bo‘yicha keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi. Muhokama yig‘ilishida jinoyatning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, kelgusida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Xususan, har bir sodir etilgan jinoyat jazosiz qolmasligi, uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, kelgusida hududda jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.