Zafarobod tumani soliq inspeksiyasida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamraqulov hamda RMMM tuman bo‘linmasi rahbari H.Isroilova ishtirokida soliq xodimlari o‘rtasida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur kun O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.