Zafarobod tumanida "Ichki ishlar organlari xodimlari" kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zafarobod tumani hokimi O‘tkirbek Raxmanov, sektorlar rahbarlari, tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi O'tkirbek Raxmanov ichki ishlar tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi va o‘z hayotini fuqarolarimizning tinchligi hamda osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan organ xodimlarini, tinglovchi faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatlarini e’tirof etlib, ularga chuqur minnatdorlik bildirildi.
Tadbir davomida tuman hokimi tomonidan, Ichki ishlar organlari xodimlariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.