Joriy yilning 7-noyabr kuni Zafarobod tumani "HUAXIN SEMENT JIZZAX" MCHJ homiyligi asosida Zafarobod-Chimqo'rg'on (4R-37) yo'li jami 5.3 km sement-beton qoplamali yo'l qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Mustanov, Jizzax viloyat IIB boshlig'i general-mayor Gʻ.T.Qodirov, Zafarobod tuman hokimi O'.Raxmanov, sektor rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqanlar mazkur yo'l aholining uzogʼini yaqin qilishi haqida taʼkidlar ekan, yaxshi kunlarga, toʼylarga xizmat qilishini tilashdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.