Zafarobod tumani "Chimqo‘rg‘on" QFYda joylashgan "Jizzax sement plant" MCHJda "Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash" bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Zafarobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Quvvatova, tuman IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori F.Alimova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlari mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari, "Jizzax sement plant" MCHJning rahbar va ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida "Jizzax sement plant" MCHJda "Gender tenglikni ta’minlashda ishchi va xizmatchi ayollarga yaratilgan shart-sharoitlarni, ayollarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning «Jizzax sement plant» MCHJ misolida taqdimoti bo'lib o'tdi.
Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida MCHJda amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek tadbir qatnashchilari "Jizzax sement plant" MCHJdagi aynan xotin-qizlar faoliyat olib borayotgan soha va yo'nalishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir so‘ngida "Jizzax sement plant" MCHJ kasaba uyushma kengashi va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan korxonada o‘zining samarali mehnati va fidoyiligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.