Avval xabar berganimizdek Zafarobod tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, aholi va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchi yoshlarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Prokuror kubogi” bo'lib o'tdi.
Kutilganidek bahslarning final bosqichi murosasiz kurashlarga, yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Qizg‘in davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra 1-o'rinni "Yorqin" mahallasi, 2-o'rinni "Pistalikent" mahallasi va 3-o'rinni "Birlik" mahallasi qo'lga kiritdi. Taqdirlash marosimida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Gʻayrat Qodirov, Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Savurbayev, tuman hokimi O'tkirbek Raxmanov va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi. G'olib bo'lgan jamolar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, faxrli 1-o'rinni olgan "Yorqin" mahallasiga “PROKUROR KUBOGI” topshirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.