Zafarobod tumanida Konstitutsiyamizning 31 yilligiga bag‘ishlab, "Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Konstitutsiya haftaligi" davomida "Samarqand" mahallasida yoshlarimiz sport bilan doimiy shug‘ullanishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratish maqsadida mini-stadion qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirda Jizzax viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘.Qodirov, tuman hokimi O‘.Raxmonov, sektor rahbarlari, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi hamda nuroniylar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari mini-stadiondagi sportchi yoshlar bilan suhbatlashishdi hamda nuroniylar duoga qo‘l ochib, tumanimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlar uchun yurtboshimizga ezgu niyatlarini bildirishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.