“Оbod xonadon – оbod ko‘cha – оbod mahalla” mezonlari asosida "Samarqand" mahallasining Bodomzor ko‘chasidagi 600 metr sement-beton qoplamali yo‘li O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirildi. Ushbu tadbirga yig‘ilgan nuroniy va faxriylar xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yuzasidan o‘zlarining iliq munosabatlarini bildirishdi. Bu kabi tadbirlar aholiga o‘z hayotidan mamnunlik va bayramona kayfiyat ulashmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.