Seminar “Jinoyatchilikka qarshi kurash”, “Mahalla xavfsizligi uchun hammamiz birgalikda mas’ulmiz” hamda “Obod va xavfsiz mahalla” mavzularida bo'lib o'tdi. Tumandagi barcha mahallalar “beshligi” uchun o‘tkazilgan seminarda Respublika prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, mahallalarni obod va xavfsiz makonga aylantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas'ullarning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, seminarda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuz berayotgan noxush holatlarga chek qo‘yish yuzasidan tavsiyalar, qo‘shma qaror bilan belgilangan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlari test sinovlaridan o‘tkazildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.