Ijtimoiy tarmoqlarda "Ular kimni aldayapti: Zafarobodlik fermerlar Jizzax Kenteks’dan nega norozi?" mazmunida vidio xabar tarqalgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Zafarobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo'limi hodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O'rganishlar natijasida Zafarobod tumani "Oxunboboyev” SIU hududidagi “Fatxul fayz” fermer xo‘jaligiga Jizzax Kentek MCHJ 20 mln so‘m, “Zomin-Zafarobod klaster” MCHJ dan 30 mln so‘m haqdorlik pul mablag‘lari undirib berildi. Bundan tashqari Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 150 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga Jizzax Kentek MCHJ dan 3 mlrd so‘m, Zomin-Zafarobod klaster MCHJ dan 950 mln so‘m xaqdorlik pul mablag‘lari undirib berildi. Tumandagi paxta-g‘allachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari Zafarobod tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va tuman Ichki ishlar bo'limi xodimlariga o‘z minnaddorchiligini bildirishmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.
скачать dle 12.0