Zafarobod tumani markazidagi Mustaqillik maydonida Mudofaa bo‘limi va tuman Madaniyat bo'limi hamkorligida aholi va yoshlar o‘rtasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan "Armiya va xalq - bir tanu, bir jon" shiori ostida xarbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festival davomida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida tuman Madaniyat bo'limi xonandalari, harbiy orkestr chiqishlari hamda harbiy qurollar ko‘rgazmalari o‘tkazildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.