Zafarobod tumani Axborot kutubxona markazi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Nuroniylar jamg‘armasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda Barkamol avlod bolalar maktabida Ichki turizm haftaligi doirasida “Kitobxonlik kuni”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Mahorat darsi” o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ijodkor yozuvchi A.Bolibekov ham taklif etildi. Tadbir davomida taklif etilganlar yoshlar bilan kitobxonlik borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi hamda yoshlarning kitob va kitobxonlik haqidagi she'r va kuylari tinglandi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.