Zafarobod tumanida “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun” shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirning ikkinchi bosqichi vatanparvarlik ruhida bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, Bo‘ston mahallasining aholisi ishtirokida yoshlarni milliy qadriyatlarimizni qadrlash, tug‘ilib o‘sgan Vatanni sevish, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar asosida tarbiyalash maqsadida hoji ota va onalar hamda hayotiy tajribaga ega insonlar tarkibida mahallada "Ma'naviyat targ‘ibotchilari" guruhini tuzish masalalari muhokama qilindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.