Davlatimiz Rahbarining har bir hududdan viloyat sektorlari kesimida mahalalarda “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish haqidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Gʻ.Xusanov va tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik B.Musurmonov, tuman hokimining o'rinbosari J.Adilovlar tomonidan bajariladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek tuman Xalq qabulxonasi mudiri Gʻ.Xusanov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik B.Musurmonov, tuman hokimining o'rinbosari J.Adilov, korxona va tashkilot rahbarlari aholi xonadonlariga tashrif buyurib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o'rgandi.
Zafarobod tuman "Nurafshon" SHFY Tinchlik mahallasida “Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla” mezonlari doirasida ariqlar, yo'l chetlari va hovlilar atrofi tozalanmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.