Joriy yilning 27-dekabr kuni Zafarobod tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Xalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tuman kambag‘alikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, "Jizzax suv ta’minoti" MCHJ Zafarobod tuman filiali, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyada kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tuman mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
2. Zafarobod tumanining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
3. Tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 2024 yilda bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari” dan chiqarish to‘g‘risida;
5. Zafarobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2023 yil davomida dasturlar doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda ish faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
6. 2023 yil 12 oyi davomida “Jizzax suv ta’minoti” MCHJ Zafarobod tuman filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
7. Boshqa masalalar.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.