Zafarobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va 1-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchi yoshlari o‘rtasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi mas'ullari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi F.Malikov ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" bosh g‘oyasi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida yoshlarga vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik, ota-ona va ustozlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish hamda yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish haqida batafsil tushunchalar berildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.