Zafarobod tumanida davlat va jamoat arbobi, buyuk mutafakkir Hazrat Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi cheksiz ehtirom bilan keng nishonlandi. Tadbirga Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoira M.Abduraxmonova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari I.Umarova va boshqa mehmonlar tashrif buyurib, buyuk ajdodimizning boy ma'naviy merosi hamda davlat va jamoat arbobi sifatida amalga oshirgan ezgu ishlarini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir yosh ijodkor o‘quvchilarning Navoiy siymosini yaratgan sahna ko‘rinishlari hamda yod olgan ruboiy va g‘azallari ijrosiga ulanib ketdi. Tadbir so‘nggida yig‘ilganlar buyuk siymo Alisher Navoiyga hurmat bajo keltirib, haykali poyiga gullar qo‘yishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.