Avval xabar berganimizdek, Zafarobod tumanida reja-grafik asosida barcha umumta'lim muassasalarida "Jaholatga qarshi ma'rifat" bosh g‘oyasi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish belgilangan. Jumladan, mazkur rejaga ko‘ra, Lolazor MFYdagi 7-sonli va 9-sonli umumta'lim maktablarida o‘quvchi yoshlarga vatanparvarlik, diniy bag‘rikenglik, ota-ona va ustozlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish hamda yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish haqida batafsil tushunchalar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.