Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi F.Malikov, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati O‘.Bayjanova hamda ta'lim muassasasi hamkorlikda Lolazor QFYdagi 11-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchi yoshlari o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" bosh g‘oyasi ostida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir davomida yoshlar bilan kitobxonlikni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni asrab-avaylash, kiyinish odobiga rioya qilish, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.