O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligining “Ochiq byudjet” sayti orqali Zafarobod tumani bo‘yicha 2024-yil 1-mavsumga kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Zafarobod tumani hokimi v.v.b J.Adilov, Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Hamraqulov, deputatlar va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Zafarobod tumanida tashabbusli byudjet asosida takliflar ko‘rib chiqildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.