Xabaringiz bor joriy yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan "Ta'lim, sog'liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar" yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'tkazildi. Mazkur videoselektorda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi boshlig'i, polkovnik L.Y.Yaxshilikov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tumandagi mas'ul tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi, maktab direktorlari, manaviy- marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari va mutaxassis psixologlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida joriy qilingan yangi tizim doirasidagi ishlar "Maktab-ota-ona-mahalla" zanjirini mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari, tuman bo'ylab maktab va mahallalar kesimida hamkorlikdagi amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek maktablardagi tarbiya va maʼnaviyat, darslardagi davomatni yaxshilash, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, shuningdek ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi masalalar yuzasidan kelgusida qilinadigan ishlar bo'yicha kelishib olindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.