Zafarobod tumani "Cho‘liguliston" QFY, Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro Toshtemirova Fotima Dadajonovaning «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali uy-joyini ta’mirlab berishda amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo‘llagan murojaati, tuman hokimligi va mahalla mas’ullari tomonidan o'rganib chiqildi.
O'rganishlar natijasida fuqaro Toshtemirova Fotima oilali, 6 nafar farzandi bor. Hozirgi vaqtda hududdagi 12-sonli maktabda farrosh bo‘lib ishlab kelmoqda. Toshtemirova Fotima 2023-yilda “Ayollar daftari” ning 4-toifasiga kiritilgan bo'lib, unga bir martalik moddiy yordam puli berilgan. Shuningdek F.Toshtemirovaga har oyda mahalla, homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berilib boriladi. Murojaatchi F.Toshtemirovaning uyini ta’mirlash ishlari mahalla mas’ullari va homiylar ko‘magida hashar yo‘li bilan joriy yilning 2-3-choragida amalga oshirish rejalashtirilgan.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.