Zafarobod tumani Adliya bo'limi boshlig'i Z.Isaqulov, "Lolazor" QFYda yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida tuman Adliya bo'limi boshlig'i Z.Isaqulov ta'lim sohasiga qaratilayotgan e'tibor, sohada olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, yoshlarga berilayotgan g’amxo'rliklarni alohida ta'kidladi.
Uchrashuv davomida “Huquq bilimdoni” tanlovi ham o'tkazildi. Tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchi yoshlarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.