O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mas’ul xodimlari va tuman prokurori Xusniddin Bektemirovlar, "Yorqin" va "Birlik" mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish bo'yicha fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda aholi tomorqasidan unumli foydalanayotgan shuningdek oilaviy tadbirkorlik qilish istagida bulgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida oilalar daromadlarini oshirish maqsadida kichik oilaviy tadbirkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.