Zafarobod tuman hokimligida, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi ishtirokida Davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha erishilgan yutuqlar va uchrab turgan kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishda uchrayotgan to‘siqlar va muammolar o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish bo‘yicha turli xil fikr va mulohazalar bildirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.