Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor Yangi O‘zbekiston kelajagini yuksaltirish, millat genafondini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Hukumatimiz tomonidan soha rivojlantirish orqali O‘zbekiston sportini dunyo miqiyosida namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zafarobod tumanida kurash bo‘yicha “PROKUROR KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Dastlab tuman prokurori Husniddin Bektemirov hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng kurash bo‘yicha “PROKUROR KUBOGI” ga start berildi. Ushbu musobaqada, Zafarobod tumani sportchi yoshlari bilan bir qatorda qo'shni tumanlardan ham tashrif buyrugan kurashchi sportchilar o‘z vazn toifalarida bo‘yicha bellashdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan sportchilarga tuman prokurori Husniddin Bektemirov tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va “PROKUROR KUBOGI” topshirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.