Yurtimizda xotin-qizlar uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ularning bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratilayapti, tadbirkorlik faoliyati istagida bo‘lganlar uchun turli imtiyozlar berilmoqda. Zafarobod tumanida xotin-qizlarni bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda Jizzax viloyati Hunarmandlar uyushmasi raisi Ilhom Mallayev, tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Shohida Mavlanova va faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Dastlab, Hunarmandlar uyushmasi raisi I.Mallayev, hozirgi kunda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. O'quv seminarda xotin-qizlar o'rtasida hunarmandchilik, kasanachilik, tikuvchilik, qandoatchilik va tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan xotin-qizlar tomonidan takliflar berildi. Shuningdek seminar davomida xotin-qizlar tomonidan ko'rgazmalari tashkil etildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.