Zafarobod tumanida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida, sportning futbol va mini-futbol turlari bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogiga start berildi. Tadbirda tuman hokimi Gʻ.Eshpulatov, DXX Paxtakor tumanlararo bo'limi boshlig'i R.Zohidov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va tumanning 10 ta mahallasidan tashrif buyurgan yoshlar futbol jamoalari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman yoshlariga futbol musobaqalarida omad tiladi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.