Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda "Xon atlas" haftaligi doirasida tadbir tashkil etildi. Mazkur “Xon atlas” milliy matolar haftaligida kitobxon yoshlar tomonidan milliy liboslarda chiqishlari namoyish etildi. Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf – odati va an’analari, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iboratdir.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.