Zafarobod tumani "Lolazor" mahallasida aholining tomorqalaridan oqilona foydalanish shuningdek yoshlar bandligini ta’minlash bo'yicha uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Husniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig'i, podpolkovnik Bahrom Musurmonov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i Abdusattor Islomov, "Mahalla yettiligi" hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"Lolazor" mahallasida tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish, aholi va yoshlar bandligini ta’minlash bo'yicha aholiga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek tomorqachilik-nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham yetakchi sohalardan biri ekani ta'kidlanib, aholiga ushbu sohada kredit va subsidiyalar ajratish yuzasidan tushuncha va takliflar berilmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.