Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, sportga keng jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Zafarobod tumanida "Yoshlar kelajagimiz poydevori" shiori ostida Adliya kubogi o'tkazildi.
Dastlab, tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi G'ayratjon Eshpulatov so'zga chiqib, hozirgi vaqtda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi va barcha yoshlarga omad tiladi.
Tadbirning badiiy qismida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo'yicha harbiy xizmatchilari tomonidan, harbiy chiqishlar namoyish etildi. Shundang so'ng "Yoshlar kelajagimiz poydevori" shiori ostida Adliya kubogi start oldi.
Adliya kubogida o'quvchi yoshlar, "Zakovat" intellektual o'yini, sportning futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka, yengil atletika, arqon tortish, kamondan o'q otish turlari bo'yicha bellashdi. Qiziqarli bahslarga boy bo'lgan tadbirda, g'olib bo'lgan o'quvchi yoshlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.