O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining 2024-yil 5-fevral kunidagi PQ-55-son qarori ijrosi ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati bo'yicha boshqarmasi Zafarobod tumani bolalar bilan ishlash bo‘limi katta inspektor-psixologi, kapitan J.A.Nazarov tomonidan 3 -13-sonli maktablarda jinoyatchilikni oldini olish va o‘quvchi yoshlar huquqiy ongini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi. O'quvchi yoshlarda Vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish maqsadida, darslardan oldin "Davlat madhiyasi" ijro etildi. Davomat tadbirlari o'tkazildi. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan profilaktik suhbat jarayonida sababsiz ravishda dars qoldiruvchi o‘quvchilar, chet elga ruxsatsiz chiqib ketganlar va o‘quvchilar ishtirokida sodir etilgan huquqbuzarliklar holati, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.