Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov tomonidan, fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda fuqarolar tomonidan 20 ta murojaatlar kelib tushdi. Asosan bandlik, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, kredit va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.