Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov va tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonovlar probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman hokimi Gʻ.Eshpulatov har bir probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan birma-bir suxbatlashib, mavjud muammolari va sharoitlarini o‘rgandi.
Shuningdek, tuman prokurori X.Bektemirov va tuman IIB boshlig‘i B.Musurmonovlar ham mahkumlarga probatsiya hisobida turib qayta jinoyat sodir etmasliklari, uning og‘ir oqibatlari, har qanday sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligini tushuntirib o‘tdilar.
Uchrashuvdan so'ng, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etilib, 4 nafar probatsiya hisobida turgan shaxslar ish bilan ta'minlandi.
Shuningdek, tuman Madaniyat saroyida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.